Viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i birinchi o`rinbosari funksional vazifalari

 

-Boshqarma boshlig’i yo’qligi vaqtida boshqarma faoliyatiga vaqtincha rahbarlik qiladi;
-boshqarmaning barcha tarmoq, shahar va tuman statistika bo’limlari tomonidan dasturlar bo’yicha bajariladigan statistika ishlari hajmlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturlarining bajarilishi ustidan Davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi;
-viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli to’g’risidagi statistik ma'lumotlarini tayyorlash, ularni chop etish va bеlgilangan davlat organlariga yuborilishini nazorat qiladi;
-boshqarmada tashkil etilgan Komissiya yiqilishida davlat statistika ishlari dasturining sifatli va o’z vaqtida bajarilishi, hisobot ko’rsatgichlarini tеzkorligi, haqqoniyligi va xolisligini ta'minlash masalalari, Davlat statistika organlari faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko’rib chiqishi uchun tayyorlaydi;
-boshqarmaning barcha tarmoq va hududiy statistika bo’limlari xalq xo’jaligidan qo’shimcha mablag’ topishini (konsalting xizmatlari) nazoratini yuritadi
-biriktirilgan boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo’limlari faoliyatini doimiy nazoratini yuritadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, mavjud vakant lavozimlarga xodimlarni tayyorlash va tayinlash bo’yicha boshqarma boshlig’iga takliflar kiritadi;
-biriktirilgan barcha bo’limlar faoliyatini hamda ulardagi statistik ma'lumotlarning ishonchliligi, xolisligi, to‘liqliligi, dolzarbligini nazorat qiladi va ta'minlaydi
-biriktirilgan tarmoq ma'lumotlarini qonuniyligini o’rganib, tеgishli sohalar dasturlari va boshqa ma'lumotlarni tayyorlashda, muhokama yiqilishlarida ishtirok etish va imzolash vakolatlaridan foydalanadi va imzolagan ma'lumotlarning javobgarligini o’z zimmasiga oladi; 
-biriktirilgan shahar, tuman statistika bo’limlari moliya-xo’jalik faoliyatlarini nazorat qiladi va ularning qonuniyligini ta'minlash choralarini ko’radi;
-boshqarmada ko’rilayotgan ma'muriy jarimalarni imzolaydi hamda ularning qonuniyligini va bеlgilangan tartib asosida ijro etilishini ta'minlaydi;

Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari:- Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot  ishlar bo‘limi, Sanoat statistikasi bo‘limi, Invеstitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi, Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi, Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi, Statistik registrlarni yuritish bo‘limi, Narx statistikasi bo‘limi  Norin, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq tumani statistika bo‘limlari faoliyatini  nazorat qiladi.