O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Tarjimai hol

1990-yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug`ilgan. Oliy ma`lumotga ega. Mutaxassisligi bo‘yicha jurnalist. 2009-yilda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavr bosqichini, 2015-yilda shu fakultetning magistratura bosqichini tugatgan. Talabalik davrida, Respublikaning yetakchi ommaviy axborot vositalarida amaliyot o‘tagan. 2014- yilda Sport telekanalida boshlovchi va muallifligi ostida “Muxlis minbari” tok-shousi efirga uzatilgan. 2016-2017- yillarda “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasida muxbir sifatida faoliyat yuritgan. 2017-2018- yillarda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Axborot xizmatida ishlagan. 2018- yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Axborot xizmati xodimi sifatida ish boshlagan. Shu yilning avgust oyida Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 27- iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tavsiyasiga ko‘ra, 2019- yil iyul oyidan boshlab, Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Oilali, bir qiz va bir o‘g’li bor.

Funktsional vazifalari

Loading...