O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari

Tarjimai hol

1970- yil 10- oktyabrda Buxoro viloyati, Qorako`l tumanida tug`ilgan. Mutaxassisligi bo`yicha huquqshunos. 2000- yilda O`zbekiston Milliy universitetini, 2005- yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Yuridik fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD). 1986-1988- yillarda “Oktyabr” jamoa xo`jaligida ishlagan. 1988-1990- yillarda harbiy xizmatda bo`lgan. 1990-1991- yillarda Buxoro viloyati Qorako`l tuman sudida ishlagan. 1991-1993- yillarda Toshkent yuridik texnikumi talabasi bo`lgan. 1993- yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huquqshunosi bo`lib ishlagan. 1994-2005- yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limida 2-toifali mutaxassis, 1- toifali mutaxassis, bo`lim boshlig`ining 1- o`rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2004-2005- yillarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo`lgan. 2005-2006- yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Ijtimoiy ta`minot bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2006-2007- yillarda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minotini tashkil etish boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2007-2008- yillarda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Pensiya ta`minoti boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2008-2010- yillarda Buxoro viloyati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2010-2011- yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan. 2011-2017- yillarda O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan. 2017- yilning avgust oyida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi raisining ijtimoiy statistika bo`yicha o`rinbosari etib tayinlangan. Hozirda O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi “Pensiya va sug`urta ishi” kafedrasida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. 50 dan ortiq ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, jumladan 1 ta o`quv qo`llanma, 3 ta monografiya, 8 ta o`quv-uslubiy ishlari chop etilgan. Uylangan, ikki o`g`il va bir qizi bor.

Funksional vazifalari

Davlat statistika sohasiga oid qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Hukumat qarorlarining ijrosini ijtimoiy statistika yo`nalishida o`z vaqtida ta`minlash choralarini ko`rish;

- Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha bo`yicha statistika kuzatuvlarini o`tkazilishi, statistik ma`lumotlarning to`liqligi, haqqoniyligi va o`z vaqtida taqdim etilishini muvofiqlashtirish;

- O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy, demografik, mehnat bozori, aholi turmush darajasi, ta`lim, sog`liqni saqlash va xizmatlar sohasini rivojlantirish masalalari bo`yicha statistik axborotlarni shakllantirilishini tashkil etish;

- davlat boshqaruvi organlariga ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadli dasturlarini amalga oshirilishi monitoringi uchun statistik axborotlarni tayyorlash va taqdim etish ishlarini muvofiqlashtirish;

- ijtimoiy statistika ma`lumotlarini yig`ish va qayta ishlashning zamonaviy metodologiyasi va metodikalarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;

- ijtimoiy soha va xizmatlar statistikasiga oid davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, joriy etish va statistika kuzatuvlarini o`tkazish usullari bo`yicha takliflar tayyorlash ishlarini tashkil etish;

- davlat statistikasi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etish;

- ijtimoiy va xizmatlar sohasida xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakatlar reyting baholarini tuzish uchun foydalaniladigan axborot manbalarini o`rganishni muvofiqlashtirish, ular asosida shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ko`rsatkichlar tarkibini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishni tashkil etish;

- ijtimoiy statistika sohasidagi ilg`or xorijiy tajribani o`rganish, umumlashtirish va tarqatish ishlarini muvofiqlashtirish hamda xalqaro tavsiyalar asosida ko`rsatkichlarni hisoblash metodikalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish ishlarini tashkil etish;

- ijtimoiy statistika, hisobot ko`rsatkichlari va o`tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarini tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini, statistika axborotlaridan foydalanishning qulayligi va oshkoraligini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi muvofiqlashtirish;

- mutasaddilik qilinadigan bo`linmalarga bevosita rahbarlik qilish.