Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning davlat statistika organlarida bajarilishi to`g`risida axborot

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi to`g`risida”gi PQ-2487 sonli qarorining amalga oshirilishini ta`minlash yuzasidan shu yil mart oyida Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Mazkur Dastur davlat statistika organlarida tizim xodimlari, ayniqsa ayollar va yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, tizim idoralarida onalarga bo`lgan alohida hurmat va e`tibor muhitini shakllantirish, sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda onalarga moddiy va ma`naviy ko`mak berish bo`yicha amalga oshiriladigan qator chora-tadbirlarni o`z ichiga olgan.

Jumladan, joylardagi xotin-qizlar qo`mitalari va sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan hamkorlikda, “Ona va bola sog`lom bo`lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo`ladi” “Sog`lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Nikoh va oila”, “Sog`lom turmush tarzi – baxtli oila garovi” mavzularida tizim xodimlari, jumladan xotin-qizlar va yoshlar o`rtasida davra suhbatlari va targ`ibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.

Davlat statistika tizimining oila qurayotgan, farzand ko`rgan xodimlariga moddiy yordamlar va qo`shimcha ta`tillar berish orqali, ularni har tomonlama moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash choralari ko`riladi.

Tizimda ishlayotgan xotin-qizlarga jamoa shartnomalarida belgilangan imtiyozlar va qulayliklardan foydalanishlari uchun zarur shart-sharoitlar, jumladan ularning malaka oshirishlari, homilador ayollarni tibbiy ko`rikdan o`tishlari uchun ularni o`rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish imkoniyatlari yaratish bo`yicha zarur tadbirlar amalga oshiriladi.

Milliy bayramlar, 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni, yangi o`quv yili munosabati bilan tizimda ishlovchi kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan, ko`p bolali oilalarni esdalik sovg`alari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, maktab anjomlari bilan rag`batlantirish orqali ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tashkil etiladi.

Shuningdek, tizimda mehnat qilayotgan kam ta`minlangan oilalardagi ayollarga elektr-maishiy texnika tovarlarini bepul taqdim etish, 2016/2017 o`quv yilida farzandlari birinchi sinfga boradigan tizim xodimlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida, ularga moddiy yordamlar ko`rsatish ishlari amalga oshiriladi.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tizim xodimlari farzandlari uchun bayram tadbirlari tashkil etilib, ularning muzeylar, hayvonot bog`lari, teatr va kontsert tomoshalariga tashriflari uyushtiriladi.

Shu bilan birga, yil davomida tizim xodimlari, ularning oilalari va farzandlarining dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, teatrlar, madaniyat va istirohat bog`lari, sirklarga tashriflari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, xodimlar, ayniqsa ayollar va yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, turli sport musobaqalarini tashkil etilib, g`oliblarni rag`batlantirish choralarini ko`rish rejalashtirilgan.

Tizimda mehnat qilayotgan xodimlarga sog`lig`ini qayta tiklash uchun sog`lomlashtirish oromgohlariga (sanatoriylarga), xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog`liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga imtiyozli yo`llanmalar berilishi ta`minlanadi.

Davlat statistika organlarida ishlovchi xotin-qizlarni Xiva, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qo`qon, Marg`ilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi tarixiy shaharlariga, respublikamizdagi tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob`ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etiladi.

Shuningdek, mazkur Dasturda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi to`g`risidagi PQ-2487 sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirilishini ta`minlash yuzasidan yana qator tadbirlarning amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tugmani bosing Tinglash