Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning davlat statistika organlarida shu yil yanvar-iyun oylaridagi ijrosi bo`yicha
MA`LUMOT

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo`yicha tasdiqlangan Davlat statistika qo`mitasining chora-tadbirlar dasturini tizim organlari tomonidan ijrosini ta`minlanishi yuzasidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

“Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturining ijrosi monitoringi uchun, so`rovlar asosida, davlat statistika organlari tomonidan statistik ma`lumotlar shakllantirilib, tegishli davlat va xo`jalik boshqaruvi organlariga taqdim etib borilmoqda.

Shu bilan birga, joylardagi xotin-qizlar qo`mitalari va sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan hamkorlikda, “Ona va bola sog`lom bo`lsa, oila baxtli, jamiyat mustahkam bo`ladi”, “Sog`lom bolani tarbiyalash – bizning umumiy vazifamiz”, “Nikoh va oila”, “Sog`lom turmush tarzi – baxtli oila garovi” mavzularida tizim xodimlari, jumladan xotin-qizlar va yoshlar o`rtasida davra suhbatlari tashkil etildi va ushbu tadbirlarda jami 1134 nafar tizim xodimlari ishtirok etdi.

Davlat statistika tizimining oila qurayotgan va farzand ko`rgan 30 nafar xodimlariga 9,4 mln so`mlik moddiy yordamlar ko`rsatildi hamda 4 nafar xodimga qo`shimcha ta`tillar berish orqali ularni har tomonlama moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash choralari ko`rildi.

Tizimda ishlovchi xotin-qizlarning 213 nafari Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida o`z malakalarini oshirdilar hamda 45 nafari tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Shuningdek, tizimda ishlayotgan kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan, ko`p bolali oilalarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida, tizimda ishlayotgan 94 nafar xodimga 14,9 mln so`m miqdorida moddiy yordamlar berildi.

Davlat statistika tizimida mehnat qilayotgan 5 nafar kam ta’minlangan oilalardagi ayollarga kasaba uyushmalari mablag’lari hisobidan elektr-maishiy texnika tovarlari berildi.

2016/2017 o’quv yilida farzandlari birinchi sinfga boradigan davlat statistika tizimi xodimlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, 7 nafar xodimga moddiy yordamlar ko’rsatildi.

Shu bilan birga, 1iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tizim idoralari xodimlarining 665 nafar farzandlari uchun bayram tadbirlari tashkil etilib, ularning muzeylar, hayvonot bog’lari, teatr va konsert tomoshalarida madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berildi.

Bundan tashqari, xodimlar, ularning oilalari va farzandlarining dam olishini unumli tashkil etish maqsadida, ulardan 698 nafarini bepul chiptalar asosida respublika va viloyatlardagi kinoteatrlar, teatrlar, kontsert tomoshalari va boshqa madaniy-ma`rifiy tadbirlarga tashriflari tashkil etildi.

Tizimda ishlovchi ayollar va yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida, sportning turli xil yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar tashkil etilib, musobaqa g`oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Tizimda mehnat qilayotgan 8 nafar xodimga sog’lig’ini qayta tiklashlari uchun sog’lomlashtirish sanatoriyalariga yo’llanmalar berildi hamda xodimlarning farzandlariga yoz mavsumida mazmunli dam olish va sog’liqlarini tiklash uchun bolalar oromgohlariga 25 ta imtiyozli yo’llanmalar berildi.

Shu bilan birga, tizimda ishlovchi 182 nafar xotin-qizlar uchun respublikamizdagi tarixiy joylar va mustaqillik yillarida barpo etilgan zamonaviy arxitektura ob`ektlari bilan tanishtirish uchun sayyohlik safarlari tashkil etildi.

 

 

Ro'yhatga qaytish

Tugmani bosing Tinglash