Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Mazkur to’plamda mavjud asosiy fondlar, ularning umumiy, iqtisodiyot tarmoqlari  bo’yicha hamda mulkchilik shakllari  bo’yicha xarakati to'g'risida ma'lumot berilgan. Shuningdek, iqyisodiyot tarmoqlari kesimida asosiy fondlarning tarkibi, ularning yangilanishi va eskirish darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlarni ham keltirilgan. To'plamning statistik ko'rsatkichlari bir necha yillk dinamikada taqdim etilgan, alohida ko'rsatkichlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha ham berilgan.

 

 

 

 

Statistik to'plamda sog'likni saqlashning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini, aholining turmush darajasi, ekologik va ijtimoiy sharoitlari, demografik ko'rsatkichlar, mexnat sharoitlari va axoli salomatligi holati, nogironlik va yuqumli kasalliklar ko'rsatkichlari, sog'likni saqlash muassasalarining tarmoqlari va faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar, soqlikni saklash sohasidagi investitsiyalar, kadrlar tayyorlash va iste'mol bozori tovarlari hamda sog'likni saklash xizmatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan

 

 

 

 

 

 

 

 

 

To'plamda O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim maktablari, oliy va o'rta maxsus, kasb-xunar ta'limi muassasalari, fan va ilmiy xodimlar xakida statistik ma'lumotlari mavjud.                                               

 To'plam ta'lim muassasalari sonining tarkibi, xududlarni taksimlash, o'kuvchilar soni, talabalar soni va barcha ta'lim muassasalari professor-o'kituvchilari soni xakidagi statistik ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

To`plamda yalpi ichki (hududiy) mahsulot, aholi soni va demografiyasi, uning ish bilan bandligi, daromadi, aholi turmush darajasi, ma`lumotliligi darajasi, kasallikka chalinishi, sog`liqni saqlash va madaniyat, uy-joy bilan ta`minlanganligi, uy-joy fondining obodonlashtirilganligi, tovarlar va xizmatlar iste`mol bozori to`g`risida ma`lumotlar berilgan.

To`plamda hududlar kesimida iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari: sanoat, qishloq xo`jaligi, uy-joy va ijtimoiy-madaniy qurilish, transport va aloqa, savdo va xizmat ko`rsatish sohalari holatini tavsiflovchi ko`rsatkichlarga, shuningdek korxonalar va tashkilotlarni umumiy tavsiflash ma`lumotlariga asosiy o`rin ajratilgan.

 

 

 

O‘zbekistondа sаvdo

Stаtistik to‘plаmdа O‘zbekiston Respublikаsining ichki vа tаshqi sаvdo fаoliyatini tаvsiflovchi mа’lumotlаr tаqdim etilgаn.

To‘plаmdа, chаkаnа sаvdo vа ovqаtlаnish tashkilotlarining tovаr аylаnmаsi hаjmi, chаkаnа sаvdo tovаr аylаnmаsining tovаr tuzilmаsi, chаkаnа savdo tаrmoqlаrdаgi tovаr zаxirаlаri, mulkchilik shаkllаri bo‘yichа sаvdo sohаsining rivojlаnishi, dehqon, buyum vа ixtisoslаshtirilgаn bozorlаrdаgi sаvdo, chаkаnа sаvdo tashkilotlarining moliyaviy ko‘rsаtkichlаri vа sohаdа ishlovchi xodimlаr soni to‘g’risidаgi mа’lumotlаr аks ettirilgаn.

Stаtistik to‘plаm, chаkаnа sаvdo vа umumiy ovqаtlаnish korxonаlаri, tovаr vа xom-аshyo birjаlаrining dаvlаt stаtistikа hisobotlаri, bojxonа stаtistikаsi mа’lumotlаri, shuningdek iste’mol tovаrlаri bozorlаridаgi kuzаtuvlаr vа ekspert bаholаsh nаtijаlаri аsosidа tаyyorlаngаn.

 

Tugmani bosing Tinglash