Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

Yangi yil bayrami har yili mamlakatimizda o‘zgacha shukuh, o‘zgacha zavq, o‘zgacha shavq bilan kutib olinadi.Yangi yil – eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil, ya’ni eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kundir. Bu go‘zal ayyom Namangan viloyati statistika tizimida faoliyat ko`rsatayotgan barcha rahbar va ishchi xodimlari tomonidan yaxshi kayfiyat va maroqli hordiq bilan nishonlandi.

Yangi yil bayramida boshqarma boshlig'i S.Melixo'jayev so‘zga chiqib, barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi yil ayyomi bilan samimiy muborakbot etib, davlat statistika sohasini rivojlantirishdagi samarali va fidokorona mehnati, o’z xizmat vazifasiga bo’lgan sadoqati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun bir qator xodimlarni Davlat Statistika qo`mitasi raisi B.Begalov tomonidan imzolangan faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

So‘ngra bayram go‘zal kuy – qo‘shiqlar, sher’lar, o‘yin – kulgular bilan davom etdi. Xalqimizda bir gap bor, yangi yilni qanday kayfiyat bilan boshlasang yil davomida mana shu kayfiyat hamrox bo‘ladi. Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan tashkillangan bayram juda ham sermazmun o‘tdi. Bayram bazmidan boshqarmaning har bir xodimi g‘ayrat va shijoatga to‘ldi. Yangi yil kechasida barcha bir-biriga ezgu tilaklar tiladi. 

 

Yaxshi niyatlar ila bayram kechasi yakuniga yetdi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash