Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 4 – yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi tarmoq boʼlimlari, Namangan shahar, tuman statistika boʼlimi boshliqlari ishtirokida 2020-yilda statistika tizimi oldidagi vazifalar, rejalar to'gʼrisida seminar boʼlib oʼtdi.

Seminarda boshqarma boshligʼi S.Melixo'jayev soʼzga chiqib qatnashchilariga, 2020 yil halqaro taqqoslash dasturida Oʼzbekiston Respublikasi ishtirokini taʼminlash va 2020–2021 yillarda YuNISEF bilan hamkorlikda multiindikator klaster kuzatuvlarini oʼtkazishni yuqori darajada tashkil qilish. 2022 yilda aholini roʼyxatga olish tadbirlariga puhta tayyorgarlik koʼrish.

Statistik maʼlumotlarning obʼektivligi, shaffofligi, haqqoniyligi va ishonchligini taʼminlash borasida ilgʼor axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni taʼminlash zarurligi, shuningdek tizimni rivojlantirish yuzasidan hisobotlarni qabul qilish jarayonlari, hisobot dasturlari, muddatlari, ish taqsimoti boʼyicha yangicha innovatsion takliflarini kiritishi boʼyicha topshiriq va koʼrsatmalar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash