Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Mustaqillik yillarida ilk bor tashkil etilayotgan aholini roʼyhatga olish tadbirlari aholi sonini aniqlab qolmasdan, ularning farovonligi toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumotlar uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlarini, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarini ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʼrganish uchun muhim poydevor hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olish oʼtkazilmagan. Аholi soniga, yosh-jins tarkibiga keskin taʼsir koʼrsatgan oʼzgarishlar, respublika hududidagi aholi joylashuvi xususiyatlari va boshqa ijtimoiy-demografik oʼziga xosliklar aholining joriy hisobiga oid mavjud maʼlumotlarni qoʼllashni sezilarli darajada cheklamoqda.
Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan viloyat boʼyicha 875 ta aholi punktlari kesimida uy va xonadonlarning raqamlanganligi yuzasidan oʼrganishlar olib borildi. Oʼrganishlar natijasiga koʼra viloyat boʼyicha 875 ta aholi punktlarida jami 502 508 ta xonadonlar xatlovdan oʼtkazilib, ulardan 22353 tasi raqamlanmaganligi aniqlandi.
Raqamlanmagan xonadonlar soni hududlar kesimida tahlil qilinganda, Namangan shahrida jami 102 ta aholi punktidan 2335 ta, Kosonsoy tumanida jami 78 ta aholi punktidan 4325 ta, Pop tumanida jami 95 ta aholi punktidan 2254 ta, Toʼraqoʼrgʼon tumanida jami 70 ta aholi punktidan 4865 ta, Uychi tumanida jami 64 ta aholi punktidan 5198 ta, Chortoq tumanida jami 58 ta aholi punktidan 830 ta, Chust tumanida jami 77 ta aholi punktidan 805 ta, Yangiqoʼrgʼon tumanida jami 77 ta aholi punktidan 1741 ta xonadonlar raqamlanmagan.

Raqamlanmagan xonadonlar boʼyicha viloyat ishchi komissiyasi tomonidan xududiy tuman (shahar) ishchi komissiyalariga koʼrsatma va topshiriqlar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash