Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2022- yilda Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyhatga olish umummilliy tadbiri oʼtkaziladi. 2019- yil 5- fevralda esa mamlakatimiz rahbarining “Oʼzbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini roʼyhatga olishning oʼtkazish konseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi (PF-5655-sonli) Farmoni qabul qilindi.
Tarixiy manbalardan ma'lumki, aholini ilk roʼyhatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopatamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda oʼtkazilgan. Bundan asosiy maqsad odamlardan soliq yigʼish, boj olish hamda harbiy safarbarlik uchun ularning sonini aniqlash boʼlgan. Shu boisdan roʼyhatga olishda asosan erkaklar e'tibor qaratilgan.
Аholini eng birinchi rasmiy roʼyhatga olish 1790- yilda АQShda, keyinchilik 1800- yilda Shvetsiyada va Finlyandiyada, 1801- yilda Аngliyada, Daniyada, Norvegiyada va Fransiyada oʼtkazilgan. Аmmo bu aholi roʼyhatlari juda oddiy shaklda uzoq muddatga choʼzilgan. Masalan, АQShda ilk aholini roʼyhatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.
XIX asrga kelib, aholini roʼyhatga olish ishlariga Yevropa mamlakatlarida Statistika tashkiloti tuzish ehtiyoji sezildi. Аholini roʼyhatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yoʼlga qoʼyildi. Hususan, 1870-1879 yillarda dunyoninig 48 ta, 1890- yillarda esa 57 ta davlatida aholi roʼyhatdan oʼtkazildi. XIX asr oxirida dunyo aholisining
21 foizi roʼyhatga olingan boʼlsa, XX asr boshida 54 foiz aholi roʼyhatdan oʼtkazilgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini roʼyhatga olish ishlari yanada jadallashtirildi. 1945-1954 yillarda 151 ta davlatda,
1965-1974 yillarda 179 ta davlatda aholi roʼyhatdan oʼtkazilgan. Hozirgi paytda, dunyoning barcha davlatlarida aholini roʼyhatga olish ishlari olib borilmoqda.
Manbalarda keltirilishicha, Oʼzbekiston hududida dastlabki aholini roʼyhatga olish ishlari 1897- yilda Turkiston general-gubernatorligi tomonidan oʼtkazilgan. Bu boradagi ma'lumotlar XIX asr oxirida Oʼzbekistonda mavjud oilalar (va aholi) soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugʼilishi, oʼlim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur qilishga yordam bergan. Oʼzbekiston hududida keyinchalk 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini roʼyhatga olish ishlari tashkil etilgan.
Koʼpgina mamlakatlarda aholini roʼyhatga olish ishlari Qonun bilan tartibga solingan. Masalan, Buyuk Biritaniyada 1920- yilda “Qoʼshma Qirollikda aholini roʼyhatga olish toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunda aholini roʼyhatga olishning barcha qoidalari, fuqarolar, uy hoʼjaliklari, korxonalar va muassasalarning qaysi toifalari roʼyhatga olinishi, aholini roʼyhatga olishni kim oʼtkazishi, soʼrov varaqalari qanday boʼlishi kerakligi belgilab qoʼyilgan.
Bundan tashqari, aholini roʼyhatga oladigan hisobchilarni yollash, ularning xizmat vazifalari hamda aholini roʼyhatga olish qoidalari koʼrsatilgan. Buyuk Britaniyada har galgi aholini roʼyhatga olishdan (Buyuk Britaniyada har oʼn yilda bir marta aholi roʼyhatga olinadi) taxminan bir yil avval bunga doir alohida qonun qabul qilinadi, hamda 1920- yilgi qonun hujjatiga havola qilinadi.
АQShda aholini roʼyhatga olish ishlari muhim umumdavlat ahamiyatiga ega tadbir sifatida qaraladi. Unda barcha aholining ishtirok etishi Аmerika demokratiyasi amal etishining zarur sharti deb baholanadi.
Polsha aholini roʼyhatga olish uzoq tarixga ega. Bu yerda mazkur tadbir Yevropada ilk bor 1764- yilda oʼtkazilgan. Mamlakatda har 10 yilda aholi qayta roʼyhatdan oʼtadi. “Аholi roʼyhati toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq, Polshaning har bir fuqarosi roʼyhatga olish jarayonida taqdim etiladigan soʼrovnoma savollariga toʼla va haqqoniy javob berishi shart. Ma'lumot berishdan bosh tortish huquqiy ta'sir koʼrilishiga sabab boʼladi.
Endilikda Oʼzbekistonda ham 10 yilda kamida bir marta aholini roʼyhatga olish oʼtkaziladi. Qonunga koʼra roʼyhatga olish butun Oʼzbekiston yoki muayayaan hududlar boʼyicha oʼtkazilib, demografik sana va aholining ijtimoiy-iqtisodiy xarakteristikasini aniqlashga qartilgan shaxsiy ma'lumotlarni yigʼish va ularni qayta ishlash tartibini belgilaydi. Ushbu muhim hujjatga koʼra, roʼyhatga olishning asosiy maqsadi – Oʼzbekistonda aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zazuz boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash