Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 5- oktabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumanining 2-sektor hududida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5655-son Farmoni ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i, tuman statistika bo’lim boshlig’i, sektor rahbari hamda mahallar raislari ishtirok etdi.

Seminar davomida boshqarma boshlig’i S.Melixujayev so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari aholini ro’yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash