Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yilning 9- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Narxlar statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi. Unda qo‘mitaning Narxlar statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

Ma'lumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi PQ-4796-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan 2020- yil 20- avgustda tasdiqlangan “Harakatlar rejasi”ga muvofiq, isteʼmol narxlari statistikasini takomillashtirish yuzasidan qator vazifalar belgilangan.

Tadbirda "Iste'mol narxlari statistikasi bo'limi boshlig'i" R.J.Djamaldinov isteʼmol narxlari indeksi kuzatuvini yanada samaraliroq tashkil etish hamda hisob-kitob qilishda maʼlumotlar obyektivligi, ishonchliligi va sifatini yanada oshirish maqsadida, “Harakatlar rejasi”da belgilangan vazifalar ijrosini oʼz vaqtida, sifatli amalga oshirilish kerakligini takidladi. 

Vebinar so‘nggida, narxlar statistikasi sohasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash