Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

2019-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar belgilab berilgandi.

2020-yil 24-yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida yoshlarga oid davlat siyosatida amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig’i Sanjarbek Melixujayev Namangan viloyati statistika boshqarmasi va viloyatning shahar va tumanlarida sohada ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig’i yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh kadrlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha hayotiy misollar keltirdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Boshqarma boshlig’i yoshlar oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish birga vatanparvar, tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi.

Ochiq muloqot yakunida boshqarma boshlig’i bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom etishini ta'kidladi.

 

Axborot xizmati

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash