Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5 fevraldagi PF-5655-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish konseptsiyasi”ning 10-bandida kadastr organlariga Davlat statistika qoʼmitasining talabnomalari boʼyicha belgilangan tartibda aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish uchun zarur boʼlgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari, maʼmuriy tumanlar xaritalari) tayyorlanishini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.

 

Аholini roʼyxatga olish jarayonlarini xalqaro talablarga mos ravishda va sifatli oʼtkazish uchun kartografik materiallarning aniqligi va hududlardagi holatga mosligi muhim hisoblanadi. Lekin, afsuski, hududlardan olingan kartografik materiallar tanlanma ravishda hududlarga chiqib oʼrganilganda, sifati umuman talab darajasida emasligi aniqlandi.

Masalan, joriy yilning oktabr oyida tuman mahallalarining sxematik rejalari tanlov asosida joyiga chiqqan holda oʼrganilganda, quyidagi kamchiliklar aniqlandi. Jumladan:

- Аyrim mahallalarning chegarasi sxematik rejaga mos kelmaydi;

- Mavjud xonadon raqamlari sxematik rejadagi raqamlar bilan mos kelmaydi;

- 2-3 yil oldin buzilgan xonadonlar shu kunga qadar sxematik rejadan chiqarilmagan;

- Yangi qurilgan xonadonlar sxematik rejalarga kiritilmagan.

Bu kabi holatlar aholini roʼyxatga olish tadbirining tashkiliy rejasini tuzishda koʼpgina muammolarni keltirib chiqaradi. Natijada roʼyxatga olish jarayonlarida uy va xonadonlarning qamrovi toʼliq taʼminlanmasligiga va pirovard natijada roʼyxatga olishning yakuniy maʼlumotlari sifatsiz shakllanishiga olib keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Prezident Farmonining ijrosi hamda mazkur tadbirga tayyorgarlik koʼrish jarayonlari xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida boʼlib turganligini inobatga olgan holda aholini roʼyxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik koʼrish maqsadida hududiy komissiya vakillari bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilmoqda.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash