Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 30- oktabr kuni Kasaba uyushmalari birlashmasida O'zLiDep Namangan shahar Kengashi hamda Namangan shahar statistika bo‘limi tomonidan Prezidentimiz tomonidan 2019- yil 5- fevralda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g'risida"gi PF-5655-sonli farmoni ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda O'zLiDep Namangan shahar Kengashi deputatlari, shahar kadastr bo’limi, shahar davlat soliq inspeksiyasi hamda mahalla va oilani qo’llab quvvatlash markazi bo’limlari ishtirok etdi.

Seminar davomida Namangan shahar statistika bo’lim boshlig’i N.Ubaydullayev so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari aholini ro’yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

 Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash