Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan aholini roʼyxatga olish 2022- yilda oʼtkazilishi belgilangan endi, kecha imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorida ushbu jarayonlar 2023- yilda oʼtkazilishi tasdiqlandi.
Hukumatning tegishli qarori (№710, 11.11.2020y) bilan, aholini roʼyxatga olish 2023- yil 1-25 noyabr kunlari oʼtkazilishi belgilandi.

Shuningdek, Oʼzbekistonda aholini sinov tariqasida roʼyxatga olish tadbiri 2021- yil 1-25 noyabrь kunlari Аndijon viloyatining Xoʼjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.

Hukumat qarori bilan, yana quyidagilar tasdiqlandi:

Oʼzbekistonda 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizom;
Oʼzbekistonda 2021- yilda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish dasturi;
Oʼzbekistonda 2021- yilda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish varagʼi shakllari roʼyxati;
Аholini roʼyxatga olish jarayonlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularga haq toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom.
Eslatib oʼtamiz, 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655-son Prezident Farmonida Oʼzbekistonda aholini roʼyxatga olishni 2022- yilda oʼtkazish belgilangan edi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash