Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Mamlakatimiz aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisidagi ishonchli maʼlumot uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadli dasturlari, yangi ish oʼrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlari ishlab chiqish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini oʼrganish, ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim poydevor hisoblanadi.
Аholini roʼyhatga olish 2015- yil 10- iyunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “2020- yilda aholi va uy-joy fondini roʼyhatga olish borasidagi printsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasi qabul qilingan va unda tashkilotga aʼzo davlatlar kamida bir marta aholi va uy-joy fondini roʼyhatga olishni oʼtkazishi belgilab qoʼyilgan.
Bu borada davlatimiz rahbarining 2019- yil 5- fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini roʼyhatga olishni oʼtkazish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi
PF-5655 Farmoni hamda 2020- yil 16 martdagi “Аholini roʼyhatga olish toʼgʼrisidagi” Oʼzbekiston Respublikasi 611-sonli Qonuni qabul qilindi.
Аholini roʼyxatga olish tadbiri keng koʼlamli, koʼp vaqt va katta mablagʼ talab etadigan tadbir boʼlib, uni oʼtkazish uchun
2-3 yil davomida tayyorgarlik ishlarini olib borish kerak.
Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini roʼyxatga olish tadbiri ilk bor oʼtkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik koʼrish va uni sifatli oʼtkazish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 710-sonli Qarori bilan Respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbiri 2023- yilda oʼtkazilishi belgilandi.
Shuningdek, bugungi kunda dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi sababli koʼpgina davlatlar aholini roʼyxatga olishni oʼtkazish muddatlarini keyingi yillarga koʼchirish choralarini koʼrayotgani maьlum. Masalan, 2020- yilda Rossiya, Qozogʼiston va Аrmanistonda oʼtkazilishi rejalashtirilgan aholini roʼyxatga olish tadbirlari 2021- yilga koʼchirildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash