Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 10- noyabr kuni To'raqo'rg'on tumani 1- sonli oliy ta'lim maktabida Prezidentimiz tomonidan 2019- yil 5- fevralda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g'risida"gi PF-5655-sonli farmoni ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Seminarda To'raqo'rg'on tumani statistika bo'limi va 1- sonli oliy ta'lim maktabi hodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida To'raqo'rg'on tumani statistika bo’lim boshlig’i K.Ismoilov so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari aholini ro’yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan kiritilgan talab va takliflar o‘rganib chiqilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

 Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash