Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 17- noyabr kuni Namangan viloyati Chortoq tumani 43-umumiy o’rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari  to‘g’risida"gi 710-son Qarori  ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

 Seminarda tumanning statistika, maktab hodimlari va maktab o’quvchilari ishtirok etdi. Seminarda Chortoq tumani statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi  qarorning mazmun mohiyati to’g’risida tushuntirishlar berib o’tar ekan 2021- yil noyabr oylarida 4 ta viloyat hududlarida sinov tariqasida Aholini ro’yhatga olish ishlari amalga oshirishi to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida aholini ro’yhatga olish savolnomasi to’g’risida ham tushuntirishlar berib o’tildi.Bugungi kunda statistika organlari tomonidan joylarda harita o’rganish ishlari va honadonlarning raqamlanish holati monitoring olib borilayotganligi to’g’risida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

 Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash