Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

2020-yil 14-fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida yosh kadrlarning o‘rni va salohiyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Melixujayev Sanjarbek Obidxonovich boshqarmada ishlayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda boshqarma boshlig’i yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yosh kadrlarning o‘rni va salohiyati xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yosh kadrlarning kasbiy ko‘nikmasini oshirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, hayot va faoliyatda badiiy adabiyot, sport, ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarining ahamiyati bo‘yicha hayotiy misollar keltirdi. Statistika sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yoshlarning faol bo‘lishi alohida ta’kidlandi.

 

 

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Boshqarma boshlig’i yoshlar oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Jumladan, chet tillarini mukammal o‘rganish, ilmiy salohiyatni oshirish, yurtimizning madaniy, tarixiy o‘tmishidan xabardor bo‘lish birga vatanparvar, tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi.

 

 

Ochiq muloqot yakunida boshqarma boshlig’i bunday uchrashuvlar muntazam ravishda davom etishini ta'kidladi.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash