Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

Namangan viloyati statistika boshqarmasida“Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 230-84-76, (+998 69) 227-84-76

 

HUDUDLAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOTLAR

 

Joriy yilning 14-fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasida Namangan Muhandislik Qurilish inistituti talabalariga  davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev so‘zga chiqib viloyatda statistika sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta'minlash to‘g‘risida talabalarga tuchunchalar berdi.

 

 

Shundan so‘ng, Statistika faoliyatini tashkil etish va yig'ma axborot-tahliliy ishlar, Narx statistikasi va Sanoat bo'limi mutaxassislari viloyatning yalpi hududiy mahsulot, narx indekslarini baholash, sanoat ko'rsatkichlari va sohaga oid qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan talabariga ma‘ruza qilishdi.  

 

 

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash