Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni ularga. Go`zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg`unlashib ketadi.

Ayol azaldan mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo`lib kelgan. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go`zal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib bo`lmaydi.

Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo`tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir.

8-mart Xotin-qizlar bayrami go`zal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi.

 Ushbu go‘zal ayyom munosabati bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Bayram tadbirida boshqarma boshlig'i S.Melixujayev so‘zga chiqib, statistika sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan barcha ayollarni kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Tadbir davomida barcha ayollarga boshqarma hodimlari tomonidan estalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash