Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020-yil 12 mart kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani 33-umumta'lim maktabi o'qituvchilariga "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.


Tadbirda tumanining statistika bo'limi mutaxassislari, Uchqo‘rg‘on tumani 33-umumta'lim maktabi o'qituvchilari ishtirok etdishdi. Seminarda Uchqo'rg'on tumani statistika bo'limi mutaxassisi so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro’yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi. 

 

Tugmani bosing Tinglash