Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 25- dekabr kuni Namangan viloyati teleradiokompaniyasida viloyat statistika boshqarmasi mutasaddi rahbarlari ishtirokida jonli efirda ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i Sanjarbek Melixujayev, boshqarma boshlig’i birinchi o‘rinbosari Bobirjon Xoliqov va boshqarma boshlig’i o‘rinbosari Baxromjon Raxmanov ishtirok etishdi.

Suhbat avvalida boshqarma boshlig’i Sanjarbek Melixujayev payoniga yetib borayotgan 2020- yil davomida viloyat statistika boshqarmasida amalaga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida Bobirjon Xoliqov va Baxromjon Raxmanov O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘gʼrisidagi PQ-4796 sonli Prezidenti qarori va 2023- yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berishdi.

Jonli efir davomida yurtdoshlarimiz tashkil etilgan ishonch telefonlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi. Ushbu savollarga boshqarmaning mutasaddi rahbarlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash