Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab ko‘chalar, uylar, tashkilotlar atrofida keng miqyosda obodonlashtirish, tozalash ishlari avjida. Navro‘z bayrami oldidan o‘tkazilayotgan umumxalq hayriya hashari Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Erta tongdan tashkil etilgan hasharda boshqarma xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.

 

 

 Hashar davomida boshqarma hovlisi va atrofidagi yerlarni yumshatilib 100 dan ortiq gullar ekildi. Bundan tashqari daraxtlarga shakl berish, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari ham xodimlar tomonidan qizg‘in amalga oshirildi. 

 

O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, boshqarma hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash