Welcome to stat   Click to listen highlighted text! Welcome to stat Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 18-mart kuni Namangan viloyati Namangan shahari 34-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi binosida "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

 Seminarda Namangan viloyati Namangan shahari 34-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o'quvchi va o'qituvchilari, ishtirok etdi. Seminarda boshqarmaning demografiya va mehnat bo'limi yetakchi mutaxasisi so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot ximati

Tugmani bosing Tinglash