Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Namangan viloyatining Chorotq tuman Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikomida tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Seminar davomida qatnashchilarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash