Joriy yilning 17 fevral kuni Namangan viloyati Chortoq tumani Madaniyat markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar toʻgʻrisida batafsil ma’lumotlar berildi.
Seminarda aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik tamoillari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
O’tkazilgan davra suhbati jarayonida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Matbuot xizmati