Joriy yilning 18- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi Narxlar bo‘limi boshlig'i B. No‘monov hamda Norin tumani statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi, narx registratori G'. Ubaydullaev ishtirokida nooziq-ovqat maxsulotlari kuzatuvlari bevosita joyiga chiqqan holda o'tkazildi.
Tadbirda narx-navo kuzatuvlarini zamonaviy texnologiya(planshet)lardan foydalangan holda sifatli tashkil etildi. Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va nooziq-ovqat maxsulotlari narxlarining ishonchliligini koʼzdan kechirildi.
Matbuot xizmati