Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 13-may kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi va uning hududiy bo'limlari bilan birgalikda hay’at yig’ilishi masofaviy tarzda videoaloqa ko‘rinishda bo‘lib o‘tdi.

Kengash yig'ilishini boshqarma boshllig'i S.Melixujayev kirish so‘zi bilan ochdi va 2020-yilning 1-choragi yakunlari bo‘yicha huduy bo'limlar faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar: yutuq va kamchliklarga to‘xtalar ekan, xodimlar o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini ta’kidladi.

Kun tartibiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

Hay’at yig‘ilishi yakunida 2020-yil I choragi yakunlari bo‘yicha ishni tashkil qilish, hisobotlar haqqoniyligi, xalq ommasiga ma’lumotlarni xolis va shaffof holda taqdim qilish bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra Pop tuman statistika bo'limi 1-o‘ringa loyiq deb topildi. Vazifalarini o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash