Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020-yil 18-iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni dinamik o‘rganishda tanlanma kuzatish uslubiyoti” mavzusida navbatdagi masofaviy o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarda boshqarma boshlig‘i S.Melixujayev, boshqarma xodimlari va tuman, shahar bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Videoseminarda Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi boshlig‘i R.Jiyanov tadbirkorlik subyektlari tomonidan statistik hisobotlarda moliyaviy ko‘rsatkichlarni shakllantirish tartibi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish usullari, kichik tadbirkorlik bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning shakllantirilishi va ularning tahlili yuzasidan ma’lumotlar berdi.

 Shuningdek, o‘quv seminari davomida tanlanma to‘plamni tanlash usullari, tanlanma kuzatish ma֥‘lumotlarini bosh to‘plamga tarqatish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash