Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 19-iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Demografiya va mehnat statistikasi ko‘rsatkichlarining shakllanishi” mavzusida navbatdagi videoseminar bo‘lib o‘tdi. Masofaviy tarzda tashkil etilgan mazkur o‘quv-seminarida boshqarma xodimlari, tuman va shahar bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirga Namangan davlat universiteti “Iqtisod” kafedrasi o‘qituvchisi G’olibjon G’aniyev taklif etildi. U dinamika qatorlarini tuzish qoidalari, dinamika qatorlarini tahlil qilish ko‘rsatkichlari, dinamika qatorlarida tendensiyani aniqlash usullari yuzasidan ma‘lumotlar berdi.

Shuningdek, videoseminarda boshqarmaning Demografiya va mehnat statistikasi bo‘limi boshlig‘i N.Yuldashev demografiya va mehnat statistikasiga oid atamalar, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi hisobi, mehnat resurslari balansini hisoblash uslubiyoti, demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash bo‘yicha batafsil so‘z yuritdi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash