Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 22- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Aholi turmush darajasini o‘rganishda tanlanma kuzatuvlarining ahamiyati” mavzusida navbatdagi videoseminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma xodimlari, tuman va shahar bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Videoseminarda boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i M.Asraqulov aholi turmush darajasini o‘rganishda uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlarining oʼrni, tashkil etish va oʼtkazish tartibi, aholi turmush tarzini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni uy xo‘jaliklari bilan telefon so‘rovi (ijtimoiy tarmoqlar, veb yoki onlayn muloqot) orqali aniqlash bo‘yicha vaqtinchalik tartib yuzasidan batafsil so‘z yuritdi.

Tadbirda shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni indeks usulida tahlil qilish, indekslar mohiyati va o'zga xos xususiyatlari, iqtisodiy tahlilda indekslar usulidan foydalanish uslubi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. 

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

 

 

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash