Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2021- yil yanvar-fevral oylarida viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Namangan shahri (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmining 34,7 % i) hamda To‘raqo‘rg‘on (18,9 %), Namangan (9,7 %), Chust (7,8 %), va Pop (6,7 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eng past ko‘rsatkich esa Chortoq hamda Yangiqo‘rg‘on (1,4 %) tumanlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga To‘raqo‘rg‘on tumani (1 371,1 ming so‘m), Namangan shahrida (905,4 ming so‘m), Namangan tumani (885,0 ming so‘m), Uchqo‘rg‘on (644,0 ming so‘m) tumanlarida o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (582,2 ming so‘m) yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Bu borada eng past ko‘rsatkich Yangiqo‘rg‘on (102,8 ming so‘m), Chortoq (114,9 ming so‘m), Kosonsoy (244,3 ming so‘m) va Mingbuloq (266,5 ming so‘m) tumanlarida ko‘rsatilmoqda.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash