Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Ma‘lumki, joriy yilning 1- iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha o‘tkazilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirish bo’yicha masofaviy o‘quv-seminarlari tashkil etilmoqda.

2020-yilning 23-iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi istiqbollari” mavzusida navbatdagi videoseminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma xodimlari, tuman va shahar bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Videoseminarda boshqarmaning Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi boshlig‘i R.Yunusov ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasiga oid atamalar, ta'lim, sog‘liqni saqlash, turizm, madaniyat sohasiga oid statistik ko‘rsatkichlarni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish usullari, milliy barqaror rivojlanish maqsadlari, mavjud holat, muammo va kamchiliklar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, sifat ko‘rsatkichli indekslarni hisoblash uslubi, bazisli va zanjirsimon indekslar borasida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

O’quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash