Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Multiindikator klaster kuzatuvi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Halqaro bolalar jamgʼarmasi UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan dastur boʼlib, bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida koʼp koʼrsatkichli maʼlumotlarni yigʼadi, shu oʼrinda onalar va bolalar boʼyicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik maʼlumotlar manbaasi hisoblandi.

Oʼzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini oʼtkazish boʼyicha Davlat statistika qoʼmitasi vakolatli davlat organi etib belgilangan. Bunda qoʼmita UNISEF bilan hamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini oʼtkazishi natijasida mamlakatda onalar va bolalar turmush tarziga oid statistik maʼlumotlarni yangilashga va ularni xalqaro maʼlumot bazalarida aks ettirishga erishiladi.

MICS kuzatuvini oʼtkazishdan koʼzlangan maqsad aholining yashash sharoitlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni, 15 yoshdan 49 yoshgacha boʼlgan ayollar bilan oʼtkazilgan soʼrovnoma natijalarini, 5 yoshgacha boʼlgan bolalar toʼgʼrisida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq maʼlumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi boʼyicha toʼplangan barcha maʼlumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Indikatorlardagi asosiy koʼrsatkichlar oʼzgarishlarini yaxshiroq kuzatib borish hamda bolalar va ayollar masalalari boʼyicha dasturlarni qabul qilish jarayonida, hukumat va boshqa hamkor tashkilotlarga yanada samarali xizmat koʼrsatish imkonini beradi.

Kuzatuv jarayoni Oʼzbekiston respublikasi boʼyicha tanlab olingan 726 ta maxallada joylashgan 14520 ta uy xoʼjaliklarida, joylarga chiqilib respondetlar bilan shaxsan suhbatlashish orqali planshetlarda elektron koʼrinishda yigʼiladi.

Maʼlumot oʼrnida, Namangan viloyati boʼyicha 48 ta maxallada joylashgan 960 ta uy xoʼjaliklari tanlab olingan.

❗️Hurmatli yurtdoshlar Multiindikator klaster kuzatuvlarida faol qatnashing !

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash