Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 26- iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Statistika faoliyatida ilg'or axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” mavzusida navbatdagi masofaviy o‘quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminarda boshqarma xodimlari hamda tuman va shahar bo‘limi boshliqlari va  mutaxassislari ishtirok etdi.

Vebinarda Dasturiy texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi boshlig‘i A.Mutalov АKT sohasida keng qoʼllaniladigan asosiy atamalar, dasturiy taʼminotlar boʼyicha asosiy tushunchalar berdi.

Shuningdek, tadbir davomida statistik hisobotlarni qabul qilishning veb-texnologiyaga asoslangan Estat-4 tizimi, korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri maʼlumotlarini elektron toʼlov tizimlari orqali oʼrnatilgan tartibda sotish imkoniyatini beruvchi axborot tizimidan foydalanish, Namangan viloyat statistika boshqarmasining yangi rasmiy veb-saytini ishlab chiqish holati, yuzasidan ma’lumotlar berdi.

O‘quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash