Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2021- yil yanvar-fevral oyida Namangan viloyatida import hajmi 88,7 mln.AQSh dollarini va 2020- yilning mos davriga nisbatan 114,3 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulushi, sanoat tovarlari (30,1 %) mashinalar va transport asbob-uskunalari (24,7 %), hamda Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (13,5 %) hisobiga to`g`ri keldi.

Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko’ra, 2021-yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 11,1 mln.AQSh dollariga ko`paydi va 88,7 mln.AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 0,1 mln.AQSh dollariga yetdi.

Importning eng katta ulushi, jumladan, Sanoat tovarlari (31,6 %), Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (22,9 %) hamda Nooziq-ovqat xomashyo, yoqilg`idan tashqari (17,5 %) MDH mamlakatlariga to`g`ri keladi, boshqa xorijiy mamlakatlarga esa eng katta ulush sanoat tovarlari (29,0 %) va mashinalar va transport asbobuskunalari (34,8 %), hissasiga to`g`ri keladi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash