Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Ma‘lumki,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha o'tkazilgan yigʻilish bayoniga asosan kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va statistika fanini rivojlantirish bo'yicha bergan topshiriqlari ijrosini taminlash maqsadida 2020-yilning 29-iyun kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari bilan birgalikda “Milliy hisoblar tizimining asosiy ko’rsatkichlari” mavzusida navbatdagi masofaviy o’quv seminari bo‘lib o‘tdi.

O’quv seminarida boshqarma boshlig‘i birinchi o’rinbosari B.Xoliqov, boshqarma xodimlari, tuman va shahar bo‘limi boshliqlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda boshqarma boshlig'i birinchi o‘rinbosari Bobirjon Xoliqov milliy hisoblar tizimining asosiy atamalari va koʼrsatkichlari bo‘yicha atroflicha ma'lumot berdi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida boshqarmaning Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Botirov yalpi ichki (hududiy) mahsulotni hisoblash usullari, MHT-1993 va MHT-2008 oʼrtasidagi farq kiritilgan oʼzgarishlar va yangiliklar yuzasidan ma’lumotlar berdi.

O’quv seminari so‘nggida xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

TADBIRKORLAR UCHUN

 
 
Tugmani bosing Tinglash