Mazkur yoʼriqnoma Oʼzbekiston Respyblikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "Oʼzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʼyxatga olishga tayyorgarlik koʼrish va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 710-son qaroriga asosan ishlab chiqilgan. Ushbu yoʼriqnoma xalqaro ekspertlar tavsiyalari va xorijiy davlatlar tajribalari asosida tayyorlangan boʼlib, aholini roʼyxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etilgan xodimlar uchun roʼyxatga olish varagʼi shakllarini toʼldirish jarayonlarida foydalanish uchun moʼljallangan.
Аholini roʼyxatga olish sanasi 2021- yil 1- noyabr 00 soat 00 daqiqa (keyingi oʼrinlarda aholini roʼyxatga olishning aniq payti deb yuritiladi) etib belgilanadi. Savolnomalarga maʼlumotlar aholini roʼyxatga olishning aniq payti boʼyicha kiritiladi. Savolnomalarni toʼldirish davri 12 kun, yaʼni 2021- yil 1-22 noyabr kunlari.
Аholini roʼyxatga olishning aniq paytidan keyin sodir boʼlgan jarayonlar toʼgʼrisidagi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish amalga oshirilmaydi. Masalan, aholini roʼyxatga olishning aniq paytidan keyin tugʼilgan chaqaloqlar uchun savolnomalar toʼldirilmaydi, lekin aholini roʼyxatga olishning aniq paytidan keyin vafot etgan shaxslar uchun savolnoma toʼldiriladi. Savolnomalar vafot etgan shaxslarning oila aʼzolari yoki oʼzini oʼzi boshqarish organlaridagi mavjud maʼlumotlar bazasi asosida toʼldiriladi.

Matbuot xizmati