Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i

 


 

   1980- yil 10- yanvarda Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida tug’ilgan.  Millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy. 2001- yil Namangan muhandislik pedagogika institutining “Agromuhandis” mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

    2002-2003 yillar Harbiy xizmatda bo'lgan. O’z ish faoliyatini 2005 yil Namangan viloyat Statistika boshqarmasida 1-toifali mutaxassis lavozimida boshlagan. 2006 yil Viloyat Statistika boshqarmasining Investitsiyalar va qurilish bo’limi yetakchi mutaxassisligi lavozimiga tayinlangan.

      2007- yil Viloyat Statistika boshqarmasining Investitsiyalar va qurilish bo’limi boshlig’i o’rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu yili iyun oyidan boshlab Viloyat Statistika boshqarmasining  Investitsiyalar va qurilish bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlangan.

   2009- yil Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari vazifasini bajaruvchisi,  2009-2010 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari, 2010-2011 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi. 2011-2016 yillarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlagan.