Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yilning 2- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish sohasini takomillashtirish masalasida vebinar o‘tkazildi.Tadbirda Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Vebinar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni, yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni  bo֥‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash