Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yilning 25- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda xizmatlar sohasi statistikasini rivojlantirish masalasida vebinar tashkil etildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Vebinar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining Xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanishi, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi, ishlab chiqarilgan xizmatlarning asosiy ko‘rsatkichlari, moliyaviy, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari kabi yo‘nalishlar bo֥‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 116 566,4 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 11 139,3 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,7 % ni tashkil etdi.

Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash