Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

2020- yilning 18- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda sanoat statistikasi bo’yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining sanoat statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Vebinar davomida sanoat statistikasi bo‘yicha savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining sanoat statistikasi bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish, ishlab chiqaradigan sanoat, tog‘-kon va ochiq konlarni ishlash sanoati kabi yo‘nalishlarda batafsil ma’lumot berdi.

 

Qo‘mita markaziy apparat xodimlari soha bo‘yicha qo‘shimcha tushunchalar berib, sanoatga oid atamalar, sanoat ishlab chiqarish hajmlari va fizik hajm indekslarini hisoblash bo‘yicha fikr-mulohaza bildirdi.

Shuningdek, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash