Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 11–12- avgust kunlari Davlat statistika qo‘mitasining 2020- yil II chorak yakunlariga bag‘ishlangan, masofaviy videoaloqa tarzda kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, makraziy apparati xodimlari va hududiy statistika boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan davlat statistika organlarida 2020- yilning II choragida statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibiga binoan, Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yig‘ilishini ochib berdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” qabul qilinganligi va ushbu hujjatlarda davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Xususan, qarorga muvofiq:

  • Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishi;

 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqilligi va bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunishi;

 

  • Jahon banki ko‘magida ishlab chiqilgan 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi tasdiqlanganligi;

 

  • 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi;

 

  • Davlat statistika qo‘mitasiga ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish uchun 65 ta qo‘shimcha shtat birligi (markaziy apparat uchun — 17 ta shtat birligi va hududiy boshqarmalar uchun — jami 48 ta shtat birligi) ajratilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda “2020- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi haqida fikr bildirildi.

Videoaloqada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida axborot berib o‘tildi.

Shu bilan birga, Hay’at yig‘ilishida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarini o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash