Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Kecha xabar berganimizdek, Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar, xususan, 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.


Bugun mazkur seminar o‘quv amaliy mashg‘ulotlar bilan davom ettirildi. Unda O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo‘raqulovich 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdikulov Kobil Gulamovich tomonidan aholini ro‘yxatga olishda zarur bo‘ladigan kartografik materiallarni tayyorlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, seminarda qo‘mita mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning savolnoma shakllarining loyihalari va ularni to‘ldirish bo‘yicha yuriqnoma ishtirokchilarga batafsil tushuntirib berildi.

Seminar davomida o‘quv amaliy mashg‘ulotlar ham tashkil etilib, unda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda aholini ro‘yxatga olishning savolnoma shakllarini to‘ldirish ko‘nikmalarini oshirishdi.

Seminar davomida aholini ro‘yxatga olishga oid barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati

stat.uz

Tugmani bosing Tinglash