Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 20- fevraldagi “2020- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 105-son qarorining bajarilishini samarali tashkil etish maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan kichik biznes subyektlarining faoliyatiga pandemiya ta'sirini baholash bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Koronavirus pandemiyasining mamlakatimizda makroiqtisodiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga o‘z ta'sirini o‘tkazayotganini inobatga olib,
2020- yilning avgust-sentabr oylarida kichik biznes subyektlarining sanoat ishlab chiqarish faoliyatiga pandemiya ta'sirini baholashni tashkil etish maqsadida, qo‘mitaning Sanoat statistikasi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladigan kichik biznes subyektlari faoliyatining iqtisodiy barqarorlik holatini telefon so‘rovi orqali baholash bo‘yicha bir martalik so‘rovnoma o‘tkaziladi.

Telefon so‘roviga qamrab olingan kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatiga muvofiq, 2020- yilning 12–20- oktabr kunlari mas'ul xodimlar tomonidan so‘rovnoma o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi. So‘rovnomalar natijasiga ko‘ra shakllangan ma'lumotlar asosida sanoat ishlab chiqarish sohasida kichik biznes subyektlarining pandemiya davridagi faoliyati tahlil qilinadi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash