Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 13- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatining Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamentining rahbariyati bilan masofaviy tarzda videaloqa orqali uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respulikasining Xalqaro valyuta jamg‘armasi “Kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi”dan “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tishi masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.

Jumladan, uchrashuvda o‘tgan davr ichida hamkorlikda amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalar e'tirof etildi. Shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ekspertlari “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tish jarayonida e'lon qilinadigan makroiqtisodiy va moliyaviy statistik ko‘rsatkichlarni tizim talablariga moslashtirish yuzasidan texnik ko‘mak missiyalarini tashkil etish borasida o‘z takliflari bildirib o‘tdilar.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbariyati O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tish yuzasidan tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va har tomonlama yaqindan texnik va konsultativ ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Ma'lumot uchun: O‘zbekiston  Respublikasi 2018- yilning may oyidan Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi”ga ulangan. 2019- yilda O‘zbekiston Respublikasining “Ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standarti”ga o‘tishi yuzasidan Hukumatning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Mazkur vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796-son qarorida ham belgilangan.

 

         Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash