Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

Joriy yilning 14- oktabr kuni Davlat statistika qo’mitasida Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda ishtirok etuvchi hamkor tashkilotlar, vazirlik va idora vakillari bilan videokonfersaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu vebinarni tashkil etishning asosiy maqsadi Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda olib boriladigan asosiy vazifalarni muhokama qilishdan iborat bo’ldi.

Tadbirda BMTning bolalar jamg’armasi (UNICEF) vakillari, mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralar xodimlari ishtirok etdi.

Vebinarni Davlat statistika qo’mitasining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig’i Dilshod Qirg’izov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shuningdek, Barqaror rivojlanish va ijtimoiy soha tarmoqlari statistikasi bo`yicha yig`ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo`limi boshlig’i o’rinbosari O. Aleshunina mavzu yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Tadbir so’nggida tomonlar fikr-mulohaza almashib, Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini shakllantirish borasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash