Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Namangan viloyati statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

HUDUDLAR HAQIDA STATISTIK MA'LUMOTLAR

 

 

21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlandi. Davlat statistika qo‘mitasida ham O‘zbek tili bayrami munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur madaniy-ma'rifiy uchrashuvga shoir va yozuvchi, “Sharq yulduzi” va “Zvezda Vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Raupov hamda taniqli shoir, ko‘plab she'riy kitoblar muallifi Zikrilla Ne'mat taklif etildi.

Tadbirda mehmonlar ishtirokchilarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zbek tilining boy tarixi, xususan, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Abdulla Qodiriy, Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk bobokalonlarimizning ona tilimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, o‘zbek tiliga o‘tmishda bo‘lgan to‘siqlar hamda bugungi kunda berilayotgan yuksak e'tibor xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Til bayrami arafasida davlatimiz rahbarining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining imzolanishi yurtimizda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborning tobora yuksalib borayotganidan dalolat.

Davlat statistika qo‘mitasi Raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qiyomiddin Ahmedov qo‘mitada o‘zbek tilida ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat tilida ish yuritish, qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan fikr-mulohaza bildirdi. Shuningdek, statistik press-reliz, doklad va boshqa hujjatlarning o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Uchrashuv so‘nggida Sirojiddin Raupov va Zikrilla Ne'mat til, ko‘ngil, mehr-muhabbat haqida yozgan ijod namunalaridan o‘qib berib, ishtirokchilar qalbiga zavq-shavq ulashdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash